Teyt aka-ukalari Buyuk Britaniya so‘roviga ko‘ra AQSHda qo‘lga olindi

Dunyo

Influenserlar Endryu va Tristan Teyt Buyuk Britaniyaning so‘roviga binoan AQSHda qo‘lga olindi. Britaniya hukumati ularni jinsiy jinoyatlar bo‘yicha davom etayotgan tergov doirasida ekstraditsiya qilishga erishmoqchi hamda ularga qo‘yilgan ayblovlar ro‘yxatini kengaytirmoqda.

Teyt aka-ukalari Buyuk Britaniya so‘roviga ko‘ra AQSHda qo‘lga olindi
Buyuk Britaniya Qirollik prokuraturasi ma'lumotiga ko‘ra, ekstraditsiya so‘rovi yetti nafar ehtimoliy jabrlanuvchining arizalari asosida olib borilayotgan tergov bilan bog‘liq. Endryu Teytga zo‘rlash, jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi, tan jarohati yetkazish hamda pornografik materiallar va voyaga yetmaganlarga oid noqonuniy tasvirlarni tarqatish bilan bog‘liq qo‘shimcha ayblovlar qo‘yilgan.

Tristan Teyt esa jinsiy zo‘ravonlik, zo‘rlash va odam savdosi bo‘yicha ayblanmoqda.

Teyt aka-ukalariga nisbatan jinoyat ishlari AQSH va Ruminiyada ham ko‘rib chiqilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing