“Threads” obunachilarining yarmidan koʻpi uni tark etdi

Texnologiya

“Threads” oʻz foydalanuvchilarning yarmidan ko'progʻini yoʻqotdi”, dedi platforma asoschisi Mark Sukerberg.

“Threads” obunachilarining yarmidan koʻpi uni tark etdi
“Meta” rahbari Mark Sukerberg o‘zining yangi ijtimoiy media platformasi “Threads”oʻz foydalanuvchilarining yarmidan ko‘pini yo‘qotganini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Twitter” mikroblogining raqibi sifatida koʻriladigan ushbu ilova joriy oy boshida start berilgandan keyin besh kun ichida 100 milliondan ortiq foydalanuvchini oʻziga jalb qilgan edi. Ammo janob Sukerberg bu raqamlar endi pasayganini tan oldi.

"Agar sizda 100 milliondan ortiq odam ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, ularning hammasi yoki hatto yarmi qolsa ham bu ajoyib bo'lardi. Biz hali u darajada emasmiz", dedi u.

Sukerberg bu vaziyatni "oddiy" deb ta'riflagan va ilovaga yangi funksiyalar qo'shilishi bilan holat yaxshilanishini kutayotganini aytdi.

Avval, “Threads” funksiyalarining cheklanganligi uchun, masalan, qanday postlar ko‘rsatilishi va qanday kontentlar mumkinligi belgilanganligi sabab tanqidga uchragan edi.

“Meta” kompaniyasining mahsulot bo'yicha bosh direktori Kris Koksning aytishicha, odamlarni platformaga qaytarish uchun ko'proq "ushlab turuvchi ilgaklar"larni ilovaga qo'shish ustida ishlanmoqda.

Uning ta’kidlashicga "Instagram" ilovasida bo'lgan odamlarning muhim threads’larni ko'rishiga katta e’tibor qaratilgan. Chunki, Ikki platforma bir-biri bilan chambarchas bog'langan. "Threads"ga ro'yxatdan o'tish uchun foydalanuvchilar Instagram akkauntiga ega bo'lishlari kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing