Timur Ismoilov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
O'zbekiston
Polkovnik Timur Kamalitdinovich Ismoilov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Tayinlovga qadar Ismoilov Ichki ishlar vazirligi tizimida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Jumladan, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi hamda Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Tayinlov huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilingan yig‘ilish fonida amalga oshirildi. IIV videoselektor yig‘ilishida hududlarda Prezident topshiriqlarining bajarilishi, huquqbuzarlik sabablarini barvaqt aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish choralari ko‘rib chiqildi.
Yangi birinchi o‘rinbosar oldiga huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish, IIV bo‘linmalarining davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish hamda jamoat tartibini saqlashning zamonaviy usullarini joriy etish vazifalari qo‘yildi.
IIV vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov har bir xizmatning vazifalarini aniq bajarishi, fuqarolar murojaatlariga tezkor javob berishi, yo‘llarda, jamoat joylarida va ta’lim muassasalari atrofida xavfsizlikni ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlash tadbirlarini xavfsiz o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor