Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi

Siyosat

O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Timur Rahmonov bugun Latviya poytaxtiga tashrif buyurdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Timur Rahmonov O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi
Yangi tayinlangan elchi 2021-2024-yillarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi bosh konsul lavozimida ishlagan. Uning konsullik okrugiga Rossiyaning Sibir federal okrugi kirgan. 46 yoshli diplomat Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

Timur Rahmonov TIV tizimidagi faoliyatini 1999-yilda boshlagan. O'tgan yillar davomida u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O'zbekistonning Polsha, Italiya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishladi.

Rus, ingliz, polyak, ispan tillarini mukammal biladi.

Timur Rahmonov 2019-yildan 2024-yilgacha O'zbekistonning Latviyadagi elchisi lavozimida ishlagan Qadamboy Sultonovning o'rnini egalladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing