Tinchlik uchun “Nobel” mukofoti olgan Nargiz Muhammadiy qamoqxonada ochlik e'lon qildi
Dunyo
51 yoshli Muhammadiy o‘zi va boshqa mahbuslarga tibbiy yordam ko‘rsatilmagani va hijob o‘rashga majburlanganidan norozilik bildirmoqda.
Bir oy oldin Tinchlik uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan eronlik huquq faoli Nargiz Muhammadiy qamoqxonada ochlik e’lon qildi. Bu haqda uning oilasiga tayanib, BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, 51 yoshli Muhammadiy o‘zi va boshqa mahbuslarga tibbiy yordam ko‘rsatilmagani va hijob o‘rashga majburlanganidan norozilik bildirmoqda. O‘tgan hafta Nargiz Muhammadiy sochlarini ro‘mol bilan o‘rab olgani uchun qamoqxona shifokorlari uni davolashdan bosh tortishgan.
U bir hafta davomida qamoqxona rahbariyati va adliyaga bir necha bor murojaat qilgan, ammo prokuror Muhammadiy xonimni davolanish uchun shifoxonaga o‘tkazishni rad etgan.
“Uning yuragi va o‘pkasi bilan bog‘liq muammolar bor, biroq prokuror uni kasalxonaga yotqizishni man qildi”, – deyiladi oila bayonotida.
Qamoqxonadagi ishonchli shifokor tomonidan qo‘yilgan tashxis va ekokardiyogrammaga ko‘ra, huquq himoyachisi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun kardiologiya markaziga yotqizilishi kerak.
“Ayol mahbuslardan kasalxonaga yotqizish uchun hijob o‘rashni talab qilish g‘ayriinsoniy va ma’naviy jihatdan qoralanadi”, deydi “Nobel” qo‘mitasi raisi Berit Reyss-Andersen.
Eron sud tizimi va qamoqxona rahbariyati voqea yuzasidan izoh bermadi.
Eron Inson huquqlarini himoya qilish markazi vitse-prezidenti Nargiz Muhammadiy 13 marta hibsga olingan, besh marta aybdor deb topilgan va jami 31 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, u 154 marta darra urishga hukm qilingan, ammo u amalga oshirilganmi yoki yo‘qmi noma’lum.

Powered by Froala Editor