O‘zbekiston TIV rahbari Vyetnam bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Siyosat

Xanoy shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 18-mart kuni Vyetnam Bosh vaziri Fam Min Chin bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston TIV rahbari Vyetnam bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi
“Delegatsiyamiz Vyetnam Bosh vaziri Fam Min Chin Janobi Oliylari tomonidan qabul qilindi. Vyetnam Janubi-Sharqiy Osiyoda eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biriga aylandi. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldik. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish kun tartibimizda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda”, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida.

Eslatib oʻtamiz, bu Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining 1992-yilda ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan beri Vyetnamga ilk tashrifidir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing