Tojikiston va Qirg'iziston qaytadan qo'shnichilik aloqalarini tiklamoqda

Siyosat

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi qariyb 4 yildan beri yopilgan chegara ertaga, 2025-yil 13-mart kuni ochilishi kutilmoqda. Bu haqida “Asia-Plus”ga Sug‘d viloyati hokimligi xabar qildi.

Tojikiston va Qirg'iziston qaytadan qo'shnichilik aloqalarini tiklamoqda
Xabarda yozilishicha, “Chegara o‘tish joylarining rasmiy ochilishi ikki tomonning yuqori martabali amaldorlari va chegarachilar ishtirokida bo‘lib o‘tadi”. Biroq ikki davlat prezidentlarining virtual yoki shaxsan ishtirok etishi aniq emas. Qaysi aniq chegara o‘tish punkti ochilishi ham noma’lum.

Isfara hukumatidagi yana bir manba “Asia-Plus”ga Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi ikkita chegara o‘tish punkti ochilishida majoziy ma’noda ishtirok etishini ma’lum qildi.

Ayni paytda, ertaga, 13-mart kuni ikki davlat chegarasining ochilishini yoritish uchun bir guruh jurnalistlar chegara hududlariga taklif qilingan.

Ma'lumot o'rnida, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara 2021-yilning aprel-may oylaridagi chegara mojarosidan keyin yopilgan edi. O‘shanda Qirg‘iziston chegarani bir tomonlama yopgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing