Tojikistonda Mirziyoyev, Japarov va Rahmonning ilk uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi
Siyosat
2025-yil 31-mart kuni Tojikistonning Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining ilk uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbarining o‘rinbosari Edil Baysalov Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari kengashining 58-sessiyasidagi Yuksak darajadagi segment ishtirokida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur sammit mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
Bundan avval, 21-fevral kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasining delimitatsiyasiga oid yakuniy protokol imzolangan hamda qator hujjatlar tayyorlangan edi.
Davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma;
Hukumatlar o‘rtasida energetika obyektlari va suv resurslari bo‘yicha kelishuvlar;
Kesishuvchi avtomobil yo‘llaridan foydalanish va yangi yo‘llarni qurish bo‘yicha bitim.
Mazkur hujjatlar ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolanish uchun tayyorlab qo‘yilgan.

Powered by Froala Editor