Tolibon davlatlardan Afg‘onistonning tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritishni so‘radi

Dunyo

Avval “Tolibon” rasmiylari Afg‘onistonning tog'-kon sanoatiga sarmoya kiritish huquqi dastlab qo‘shni davlatlarga berilishini maʼlum qilgandi.

Tolibon davlatlardan Afg‘onistonning tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritishni so‘radi
Tolibonning kon va neft vaziri Shahobiddin Delavar xorijiy davlatlarni Afg‘onistonning tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritishga chaqirdi.

Jumladan, Delavar shunday dedi: “Tolibon nazorati ostida Afg‘onistonga har qanday vaqtdan ko‘ra ko‘proq sarmoya kiritish imkoniyati yaratilgan va xorijiy davlatlar Afg’oniston tog‘-kon sanoatiga cheklanmagan miqdorda sarmoya kiritishlari mumkin”.

Oldinroq Shahobiddin Delavar 7 ta yirik konni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha shartnoma imzolash marosimida matbuotga nutq so‘zlab, kon qazish shartnomalarida to‘liq shaffoflik mavjudligini, noqonuniy qazib olish va kontrabandaning oldi olinganligini aytgandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing