Tolibon Pokistonga zarba berdi

Dunyo

Tolibon radikal harakati kuchlari 18-mart kuni Afg'onistonning Paktika va Xost viloyatlariga qilingan reydlarga javoban Pokistonga zarba berdi. Bu haqda Reuters Tolibon tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatdagi mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

Tolibon Pokistonga zarba berdi
"Afg'oniston hech kimga uning hududidan foydalanib, xavfsizlikka rahna solishiga yo'l qo'ymaydi", — deya ta'kidladi vazirlik.

Vakilning taʼkidlashicha, Pokiston Afgʻonistonni nazorat yoʻqligi, malakasizlik va hududidagi muammolar uchun ayblamasligi kerak. Bunday hodisalar Pokiston nazorat qila olmaydigan juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, deydi u.

Operatsiya 16-mart kuni "Tehrik-I-Tolibon Pokiston" radikal guruhi jangarilarining Shimoliy Vaziriston chegara tumanidagi (Xayber-Paxtunxva viloyati) Mir-Ali shahridagi Pokiston Qurolli kuchlari bazasiga uyushtirilgan hujumiga javoban amalga oshirildi, buning oqibatda yetti harbiy xizmatchi halok bo'lgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing