“Tolibon” Shavkat Mirziyoyevning “Qo‘shtepa” kanali qurilishi bo‘yicha xavotirlariga javob qaytardi
Dunyo
“Tolibon" rasmiysi Afg‘onistonning Amudaryo havzasidagi hech bir davlat bilan kelishuvi yo‘qligini, suv resurslaridan foydalanish esa Afg‘onistonning huquqi ekanligini bildirdi.
“Tolibon”ning Energetika va suv vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Latif Mansurning aytishicha, Afgʻonistonning amaldagi hukumati qoʻshni davlatlar xavotirlarini bartaraf etish maqsadida Amudaryo suvi muammosini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Tolo News xabar berdi.
“O‘z xavotirini bildirganlar kelishuv asosida ish ko‘rishi kerak, lekin Afg‘onistonning hech kim bilan suv bo‘yicha shartnomasi yo‘q. Biz ham bu borada hech qanday kelishuv yoki shartnoma tuzmaganmiz. Agar kelishuv buzilganida, biz albatta bunga chora ko‘rgan bo‘lardik”, degan Abdul Latif Mansur.
Uc kun muqaddam Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qo‘shtepa" kanali qurilishi yuzasidan o‘z xavotirlarini bildirgan edi. Unga koʻra, kanalning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suv balansini tubdan o‘zgartirishi mumkin.
Shu bilan birga, bir qancha iqtisodchi va suv xo‘jaligi mutaxassislari ham hozirgi qurg‘oqchilik inqirozi tufayli mamlakatning turli hududlarida suv to‘g‘onlari qurish va suv resurslaridan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladilar.
“Biz Amudaryo suvidan foydalanishga mutlaqo haqlimiz. Bu huquq xalqaro konvensiyalar bilan Afg‘onistonga berilgan va davlatimiz Amudaryo suvining 27-30 foiziga egalik qiladi”, degan suv xo‘jaligi eksperti Najibulla Sadid.
“Hududda suv bilan bog‘liq nizolar bo‘lishi mumkinligini kutgandik. Chunki biz mintaqadagi suv manbai bo‘lib, bu suvni iste’mol qilmasak ham, u boshqa davlatlar tomonidan suv resursi sifatida qaralmoqda”, deydi afg‘onistonlik iqtisodchi Sayid Mansur.

Powered by Froala Editor