Tomorqachilik bilan shug'ullanib kelgan mehnatsevar "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan, mamlakatimizda tomorqachilik sohasini rivojlantirish, xususan, meva-sabzavotchilik va ko‘chatchilikni samarali yo‘lga qo‘yish borasida ulkan hissasi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida faoliyat yurituvchi shaxsiy tomorqa yer egasi Genjemurat Dauletmuratovich Turdimuratov "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.

Tomorqachilik bilan shug'ullanib kelgan mehnatsevar "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi
G.Turdimuratov uzoq yillardan beri tomorqachilik faoliyatini yuritib, har qarich yerdan unumli foydalanish borasida tashabbuskor va omilkor inson sifatida tanilgan. Uning mehnatsevarligi, tajribasi va fidoyiligi natijasida yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar sifati va hosildorligi yuqori bo‘lib, bu esa mahalliy aholi farovonligiga katta hissa qo‘shmoqda.

Shuningdek, u tomorqachilikning samarali usullarini keng joriy etib, boshqalarga shaxsiy namuna bo‘lib kelmoqda. Uning tajribasi ko‘plab dehqon va bog‘bonlar uchun o‘rnak bo‘lib, ushbu sohada yangi texnologiyalarni joriy etish borasida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan e’tirof etilgan ushbu mukofot G.Turdimuratovning mehnati, fidoyiligi va jamiyatdagi faol ishtirokini yuksak baholash belgisi bo‘ldi. Ushbu e’tirof tomorqachilik bilan shug‘ullanayotgan boshqa yurtdoshlarimizni ham yanada tashabbuskor bo‘lishga, o‘z yerlaridan samarali foydalanishga va mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi rivojiga hissa qo‘shishga undaydi.

Mazkur mukofot G.Turdimuratovga tantanali ravishda topshirilib, uning kelgusi faoliyatida ham yangi marralarni zabt etishiga muvaffaqiyat tilandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing