To'qayev Ukrainadagi keskinlashgan vaziyat sababli shoshilinch topshiriq berdi

Dunyo

Qayd etilishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ukraina atrofidagi vaziyatning keskinlashuvi sababli bosh vazir, prezident administratsiyasi rahbari, barcha kuch ishlatish idoralari rahbarlari va hokimlarga shoshilinch choralar ko‘rishni topshirig'ini bergan.

To'qayev Ukrainadagi keskinlashgan vaziyat sababli shoshilinch topshiriq berdi
Bu haqida 21-noyabr kuni kechqurun To‘qayevning maslahatchisi — matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qildi.

“Qozog‘iston Parlamenti palatalarining raislari qabul qilinayotgan choralar to‘g‘risida xabardor etildi. Mamlakatdagi vaziyat prezidentning shaxsiy nazorati ostida”, dedi Berik Uali.

Shuningdek, davlat uchun asosiy strategik maqsad — barqarorlik, osoyishtalik, qonuniylik va tartibni saqlash ekanligini ham qo’shimcha qildi.

“Qozog‘iston ikki slavyan xalqi o‘rtasidagi harbiy harakatlarni muzokaralar yo‘li bilan to‘xtatish masalasini bir necha bor qo‘llab-quvvatlagan”, dedi To‘qayevning maslahatchisi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing