Toshkent AQSH murojaatiga binoan yuzdan ortiq muhojirni qabul qildi

O'zbekiston

AQSH prezident Shavkat Mirziyoyevga Nyu-Yorkdan Toshkentga 131 nafar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarosi deportatsiya qilingan reysni tashkil etish va to‘liq moliyalashtirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. 30 aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing-787 samolyotida amalga oshirilgan operatsiya Vashingtonda "tarixiy" va namunali deb topildi.

Toshkent AQSH murojaatiga binoan yuzdan ortiq muhojirni qabul qildi
AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, bu qadam mamlakatlar o‘rtasida xavfsizlik sohasida yuqori darajadagi ishonch va hamkorlikni namoyish etadi va boshqa ittifoqchilar uchun namuna bo‘ladi. Vazir Kristi Noem Vashington "qonun ustuvorligini saqlash" manfaatlari yo‘lida Toshkent bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida ekanini ta’kidladi.

Fox News ma’lumotlariga ko‘ra, bu Donald Trampning ikkinchi muddati boshlanganidan beri birinchi shunday xalqaro repatriatsiya holatidir. Deportatsiya qilinganlar orasida bo‘lgan qozog‘istonliklar va qirg‘izistonliklar O‘zbekistonga kelgach, o‘z mamlakatlariga jo‘natiladi.

O‘zbekiston TIV vatandoshlarni vatanga xavfsiz qaytarish maqsadida insonparvarlik va huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda repatriatsiya tashkil etilganini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing