Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O'zbekiston

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga, "Chorvoq" erkin turistik zonasiga grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasi tomonidan YUTONG avtobuslarida 2024-yilning 28-dekabridan 2025-yilning 5-yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi.

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi.

Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 harakatlanadi.

Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan. Bu haqida Transport vazirligi ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing