Toshkent maktablari bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarini erta tayyorlashning Moskva tajribasini o‘rganmoqda
O'zbekiston
Toshkent maktablari vakillari Moskvada o‘quvchilarni tibbiyot yo‘nalishlariga erta kasbiy yo‘naltirish va tayyorlash bo‘yicha tajribani o‘rganmoqda. Tajriba almashinuvi «Toshkent tajribasi» loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Delegatsiya tarkibidan umumta’lim maktablari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, kimyo va biologiya fani o‘qituvchilari o‘rin olgan. Tashrif davomida ular maktablarda tibbiyot yo‘nalishini tashkil etish va zamonaviy ta’lim metodikalari bilan tanishmoqda.
Asosiy e’tibor kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitish, tibbiyotga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, zamonaviy maktab laboratoriyalaridan foydalanish hamda o‘quvchilarni tibbiyot kasblariga maqsadli tayyorlashga qaratilmoqda. Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy va kasbiy tayyorgarlik bilan erta bosqichdan uyg‘unlashtirish tajribasi o‘rganilmoqda.
Tashrifning asosiy maqsadi — Moskva tajribasining Toshkent maktablarida qo‘llash mumkin bo‘lgan jihatlarini aniqlash. Xususan, o‘quvchilarning tibbiyot kasblariga qiziqishini oshirish va oliy ta’limga kirishdan oldin zarur ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Toshkent maktablarida samarali ta’lim modellarini joriy etish va tibbiyot yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor