Toshkent metrosi Qurbon hayiti kuni soat 10:00 gacha bepul ishlaydi

O'zbekiston

Yaqinlashib kelayotgan Qurbon Hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni maʼmuriyati yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilganini maʼlum qildi.

Toshkent metrosi Qurbon hayiti kuni soat 10:00 gacha bepul ishlaydi
Rasmiy bayonotga ko‘ra, 2024-yil 16-iyun kuni ertalab, ya’ni bayram kuni metropolitenda soat 03:00 dan 10:00 gacha bepul xizmat ko‘rsatiladi.

“2024-yil 16-iyun — Qurbon hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi”, — deyiladi “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati xabarida.

Yakshanba va boshqa bayram kunlari esa metro yo‘lovchilariga tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan boshlab xizmat ko‘rsatiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing