Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Siyosat
Toshkent hokimiga yangi birinchi o'rinbosar va o'rinbosar tayinlandi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligining matbuot xizmati.
Xaydarov Baxtiyor Xalimovich Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 1989-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavriat, 2012-yilda magistratura yo‘nalishlarida tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2009-yilda boshlab, qator mas’uliyatli vazifalarni bajarib kelgan. Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Tadjiyev Sanjar Shuhratovich Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik institutini bakalavriat, 2006-yilda magistratura yo‘nalishlarida tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2003-yilda boshlab, qator mas’uliyatli lavozimlarda, shu jumladan, Toshkent shahar Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shu kunga qadar “The Mob” MCHJ da bosh direktor lavozimida ishlagan.Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar hokimi lavozimida hozirda Umurzoqov Shavkat Buranovich ishlab turibdi. U 2024 yil 3 aprelda ushbu lavozimga tasdiqlangan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrining hozirgi hokimi lavozimida Umrzoqov Shavkat Boʻronovich faoliyat yuritmoqda. U bu lavozimga 2024-yil 3-aprelda tasdiqlandi.

Powered by Froala Editor