Toshkent va Samarqand FAOning global Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi
O'zbekiston
Toshkent va Samarqand Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga rasman qo‘shildi. A’zolik ikki shaharga xalqaro hamkorlik, tajriba almashinuvi va barqaror shahar muhitini rivojlantirish bo‘yicha texnik ko‘mak imkoniyatlarini yaratadi.
Ro‘yxatdan o‘tganlik sertifikatlari 2026-yil 20-avgust kuni FAOning Rimdagi bosh qarorgohi huzuridagi Yashil shaharlar tashabbusi kotibiyati tomonidan berildi. Shu tariqa Toshkent va Samarqand yanada yashil, sog‘lom, barqaror va inklyuziv shahar muhitini yaratish yo‘lida hamkorlik qilayotgan global shaharlar hamjamiyatining bir qismiga aylandi.
.jpg)
Yashil shaharlar tarmog‘i barqaror rivojlanish va shaharlararo hamkorlikka qaratilgan kompleks yondashuvlarni ilgari suradi. Uning asosiy yo‘nalishlari shahar va shahar atrofi o‘rmon xo‘jaligi, shahar va shahar atrofi qishloq xo‘jaligi hamda barqaror bioiqtisodiyotni rivojlantirishni qamrab oladi.
A’zolik Toshkent va Samarqandga texnik yordam olish, salohiyatni rivojlantirish dasturlari va shaharlararo hamkorlik platformalarida qatnashish, bilim va amaliy tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda ekologik tashabbuslar uchun resurslarni safarbar etish imkonini beradi.
FAO Green Cities Initiative 2020-yilda ishga tushirilgan. Tashabbusning maqsadi 2030-yilga qadar dunyoning 1 000 shahrida aholi salomatligi va farovonligini, shuningdek, atrof-muhit holatini sezilarli darajada yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.
Tarmoq doirasidagi hamkorlik FAOning Yashil shaharlar bo‘yicha kommunikesi hamda FAO Yashil shaharning tamoyillari va mezonlariga asoslanadi. Yaqin kunlarda tashabbus kotibiyati Toshkent va Samarqandga dastlabki o‘zini baholashni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi. Bu jarayon shaharlarning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va ularning ehtiyojlariga mos texnik yordamni shakllantirish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor