Toshkent va Vashington biznes kengashini ishga tushirdi
Iqtisodiyot
Toshkentda O‘zbekiston–AQSh biznes va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tuzilma ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi maydon bo‘lishi kutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, uchrashuv maxsus vakil va elchi Serjio Gor ishtirokida konstruktiv va kelajakka yo‘naltirilgan ruhda o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlarni belgilab oldi.
AQSh–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 11-noyabrdagi UP–210-son farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Kengash faoliyati investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori texnologiyali tarmoqlar — avvalo IT va raqamli innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, AQSh eksportchilari uchun O‘zbekiston bozorida teng va shaffof sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Kengashni tuzish bo‘yicha kelishuv Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 4–6-noyabr kunlari AQShga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan. Amerika tomonida kengashga prezident Donald Trampning maxsus vakili Serjio Gor hamraislik qiladi, O‘zbekiston tomoniga esa Saida Mirziyoyeva rahbarlik qiladi.

Powered by Froala Editor