“Toshkent” Xalqaro aeroporti vaqtinchalik chiqish yo’lagini ko’chirdi

O'zbekiston

“Toshkent” Xalqaro aeroporti axborot xizmatining xabar berishicha, binoning uchish zali yonidagi avtoturargohda yo’l qoplamasini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan shaharga yetib kelgan yo’lovchilar uchun chiqish - vaqtinchalik chap tomonga - taksi yo’lagining darhol orqasiga ko’chirildi.

“Toshkent” Xalqaro aeroporti vaqtinchalik chiqish yo’lagini ko’chirdi
Shaharga kirish va chiqish uchun mo’ljallangan pavilonlar ishlashda davom etadi.

Yo’lovchilarning aeroportga kirish- chiqish harakatlariga noqulayliklar yuzaga kelmasligi uchun o’zgartirilgan yo’nalishlar bo’ylab maxsus xodimlar biriktirilgan.

Avtoturargohda ta’mirlash ishlarni uch kun ichida yakunlash rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing