Umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq stavkalari kamaytiriladi

O'zbekiston

Qonunchilikka ko‘ra, 2028 yil 1 yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida soliq stavkalari kamaytiriladi
Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;

60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi;

turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing