Germaniyada qadimiy xazina o‘g‘rilarining sudi boshlandi
Dunyo
Ushbu xazina XX asrda topilgan eng katta kelt oltin xazinasi edi. Manxing xazinasi 3,7 kg og‘irlikdagi 2100 yillik tarixga ega. U 483 ta tanga oltindan iborat edi.
Ingol’shtadt tuman sudida to‘rt nafar o‘g‘riga qarshi sud jarayoni uch haftadan so‘ng boshlanadi. Ayblanuvchilar orasida Berlindan vino savdogari, axlat tashuvchi, telekommunikatsiya texnigi va buxgalter bor. Tergov xulosasiga ko‘ra, aynan ular Manxing muzeyidan qiymati million yevroga teng xazinani o‘g‘irlagan. 2022-yilning 22-noyabr kuni o‘g‘rilar muzeyning signalizatsiya tizimi va 14 ta mobil aloqa minorasini o‘chirib, vitrinalarni buzib, atigi sakkiz daqiqa ichida qadimiy tangalarni o‘g‘irlab qochib ketishgan.
Jinoyatchilarni topish DNK izlari va ijaraga olingan avtomobillar orqali kuzatilgan harakatlari tufayli mumkin bo‘ldi. Tergov davomida ular Triyer Davlat muzeyi, Idar-Oberstayn qimmatbaho toshlar muzeyi va Pforchaym zargarlik buyumlari muzeyini ham talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 2023-yilning 18-iyul kuni ular o‘g‘irlangan buyumlarning bir qismini topshirayotganda qo‘lga olingan.
Tergovchilar o‘g‘irlangan oltinlarni qaytarishga harakat qilishgan, biroq faqat bir qismini va juda yomon holatda qaytarishgan: tangalarning bir qismi eritilib, 500 gramm og‘irlikdagi 18 ta oltin bo‘lakka aylantirilgan. Qolgan oltinlar qayerdaligi haqida ayblanuvchilar ma’lumot berishdan bosh tortishmoqda.

Powered by Froala Editor