Toshkent xalqaro investitsiya forumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O'zbekiston

2024-yil 2–3-may kunlari Toshkent shahrida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʻlib oʻtadi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda
TXIF bu nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. Anʼanaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bagʻishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari kiritilgan.

Avvalroq 2022–2023-yillardagi ko‘rgazmalar ko‘plab mamlakatlardan minglab ishtirokchilarni jalb qilgani haqida xabar bergan edik. Masalan, 2022-yilda $7,8 milliard, 2023-yilda esa $11 milliard miqdorida investitsiya shartnomalari tuzilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing