Toshkentda 250 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda

O'zbekiston

3-aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi poytaxtimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda 250 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda
Hukumatga barcha tumanlarni o‘rganib, Toshkent shahrida 250 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, 2 milliard dollar sarmoya jalb etish choralarini ko‘rish topshirildi.

Sanoat, infratuzilma, tadbirkorlik va kommunal sohalarda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi faollikni rag‘batlantirish maqsadida tanlov o‘tkazib, yil yakuni bilan eng namunali mahallaga elektromobil sovg‘a qilish taklifini bildirdi. Bu taklif olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish so‘ngida Prezident xalq deputatlari, mahalla raislari, ziyolilar va yoshlar bilan muloqot qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing