Toshkentda dzyudo bo'yicha qur’a tashlash marosimi bo'lib o'tdi

Sport

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) mutasaddilari ishtirok etishdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda dzyudo bo'yicha qur’a tashlash marosimi bo'lib o'tdi
IJF bosh direktori Vlad Marineskuning aytishicha, O‘zbekiston bu yilgi musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rgan.

Bundan tashqari, Adham Ikramov va Oybek Kasimov musobaqaga tayyorgarlik, kutilayotgan natijalar va O‘zbekistonda dzyudoni ommalashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib oʻtishdi.

Ma’lumot uchun: dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a – 2024” turniri 1-3 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirda 68 mamlakatdan 495 nafar sportchi medallar uchun kurash olib borishadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing