Toshkentda “Group-IB”ning kiberjinoyatchilik bilan kurashuvchi ilk markazi ochiladi

Texnologiya

Ushbu markaz Markaziy Osiyoda birinchi bo'ladi.

Toshkentda “Group-IB”ning kiberjinoyatchilik bilan kurashuvchi ilk markazi ochiladi
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bilan shug'ullanuvchi “Group-IB” xalqaro texnologiya kompaniyasining ofisi poytaxtdagi IT-parkda joylashgan bo'ladi.

Markaziy Osiyoda birinchi ofisni ochish uchun aynan O’zbekiston va Toshkent tanlanganini “Group-IB” bosh direktori Dmitriy Volkov shunday izohladi: «“Group-IB” global tarmogʻida beshinchi kiberjinoyatchilikka qarshi kurash markazi sifatida Toshkentni, ya’ni Oʻzbekistonni tanlash toʻgʻrisidagi qaror strategik ahamiyatga ega boʻlib, kompaniyaning rus tilida soʻzlashuvchi tahdid subyektlari orasida tan olinishini oshirishga xizmat qiladi. Bunga qo’shimcha ravishda, Toshkentda DCRC markazini ochish orqali “Group-IB” O'zbekistonda kiberxavfsizlik standartlarini oshirishga va nafaqat mamlakatda, balki butun Markaziy Osiyoda kiber mudofaani mustahkamlashga intilmoqda».

“Group-IB” poytaxt markaziga boshqa hududlardan mutaxassislarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ular Markaziy Osiyoda kiberjinoyatchilikning o’zgacha holatlarini tekshirish va hal etish bilan shug'ullanishlari kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing