Toshkentda ilk kichik hajmdagi bolalar uyi ochildi
O'zbekiston
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida, 30-sonli mehribonlik uyining filiali sifatida tajriba tariqasida tashkil etilgan yangi muassasa o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu loyiha ota-onasining g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarga oila muhitiga yaqin sharoit yaratishga qaratilgan.
Kichik hajmdagi bolalar uyiga hozircha 2-4 yosh oralig‘idagi 7 nafar bola, jumladan, 4 nafar imkoniyati cheklangan bola joylashtirildi. Ular bilan ishlash uchun 3 nafar tarbiyachi va 2 nafar tarbiyachi yordamchisi biriktirilgan. Bolalarning keyingi rivojlanishi va moslashuvi uchun ularni oddiy bog‘cha va maktablarga yuborish rejalashtirilgan.
Ushbu muassasa mamlakatimizda mehribonlik uylari tizimini takomillashtirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Yangi model bolalarga shaxsiy yondashuvni ta'minlash, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berish va oilaviy muhitga yaqin sharoit yaratish orqali farqlanadi.
Bu tashabbusning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kelajakda boshqa hududlarda ham shunday bolalar uylari ochilishiga zamin yaratadi. Loyihaning tashabbuskorlari jarayon davomida xalqaro tajriba va mutaxassislarning tavsiyalarini inobatga olgan holda ish olib borishgan.
Shahnoza Mirziyoyeva, loyiha ishga tushirilishi munosabati bilan, quyidagilarni ta'kidladi:
"Ishonamanki, bu tajriba, ota-ona mehridan mahrum bo‘lib, farzandlikka olinmagan barcha bolalar uchun ham shu kabi sharoitlar yaratishning asosini belgilab beradi."
Yangi model bolalarga nafaqat qulay sharoitlar, balki mehr va e’tibor bilan o‘sish imkonini berishi kutilmoqda. Bu esa kelajakda ularning jamiyatga moslashish va o‘zini erkin namoyon qilishida muhim rol o‘ynaydi.

Powered by Froala Editor