Toshkentda jadidchilik harakati va g‘oyalariga bag‘ishlangan konferensiya boshlandi

O'zbekiston

11-12–dekabr kunlari davom etadigan konferensiya “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusiga bag‘ishlanadi.

Toshkentda jadidchilik harakati va g‘oyalariga bag‘ishlangan konferensiya boshlandi
Tadbir Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zFA va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida o‘tyapti.

Unda AQSH, Yaponiya, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarboyjon davlatlaridan tadqiqotchi va olimlar ishtirok etishi kutilyapti.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing