Toshkentda ot polo musobaqasi bo'lib o'tdi

Sport

Toshkent shahrida "Bobur Mirzo nomli Chilonzor tumani hokimi kubogi" uchun ot polo bo‘yicha Respublika birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda ot polo musobaqasi bo'lib o'tdi
Musobaqada ilk bor ayollar polo ligasi doirasida qizlar jamoalari o‘rtasida bellashuv o‘tkazildi. Ushbu bahsda:

"Chilonzor Pоло клуби" qizlar jamoasi – 1-o‘rin;

Milliy gvardiya qizlar polo jamoasi – 2-o‘rin.

Final bahsida "Chilonzor Pоло клуби" jamoasi Milliy gvardiya jamoasini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Sharipova Shaxnoza musobaqaning eng yaxshi polochisi deb topildi hamda eng ko‘p gol urgan chavandoz unvoniga sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o'rtasidagai bahsda esa  quyidagi natijalar qayd etildi:

Milliy gvardiya Toshkent shahar Chavandozlar maktabi jamoasi  – 1-o‘rin;

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi – 2-o‘rin;

Milliy gvardiya Toshkent viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi – 3-o‘rin.

G‘olib jamoalar kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing