Toshkentda Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo'yicha mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig'ilishi o'z ishini boshladi

O'zbekiston

Bugun Toshkent shahrida Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo'yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig'ilishi o'z ishini boshladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Toshkentda Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo'yicha mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yig'ilishi o'z ishini boshladi
Anjuman O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Oila va ayollar masalalari qo'mitasi, shuningdek BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markaz (MOPDMM), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning O'zbekistondagi loyihalarni muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va YXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari va yetakchi mutaxassislar ishtirok etyapti.

Konferensiya qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish hamda mintaqadagi davlatlar hamkorligini institutsionallashtirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlari o'zaro tajriba almashishi uchun o'ziga xos maydonga aylanadi. Anjuman, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining yuksak darajadagi birlashuvining va mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun mas'uliyatni birgalikda zimmasiga olishga tayyorligini yana bir bor namoyish etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, tadbir doirasida muhim mavzularda seksiyalar tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing