Toshkentda stol tennisi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnir boʻlib oʻtadi
Sport
17–19-may kunlari Toshkentda stol tennisi boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnir boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Markaziy Osiyo mintaqasi vakillari oʻrtasida kechadigan bahslar erkaklar va ayollar oʻrtasida yakkalik yoʻnalishida tashkil etilib, unda faqat oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchilar Olimpiada ishtirokchisiga aylanishadi.
Musobaqada ishtirok etish uchun Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Eron, Turkmaniston va Qirgʻizistondan 18 nafar sportchi roʻyxatdan oʻtkazilgan. Boʻlajak turnirda quyidagi sportchilarimiz Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurash olib borishadi:
Erkaklar: Zohid Kenjayev va Shohruh Iskandarov;
Ayollar: Marhabo Magdiyeva va Rozalina Xadjayeva.

Powered by Froala Editor