Toshkentda TDT huzurida Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansini ta’sis etilishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
O'zbekiston
28-iyun kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) huzuridagi Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi ta’sis etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir va alyans ishtirokchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat organlari vakillari, TDTga a’zo mamlakatlarning logistika xizmatlari sohasidagi ekspertlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, moderator Mirvohid Azimovning qutlov so‘zlari ochib berdi. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Tashqi ishlar vazirligi vakillari tadbir ishtirokchilarini qutlab, Alyans tashkil etilishining maqsadi va butun TDT davlatlarining iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida so‘zga chiqishdi.
Tadbir davomida, shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida “TDT mamlakatlarida transport sohasida qulay shart-sharoitlar yaratish” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, unda har bir ishtirokchi o‘z nuqtai nazarini bildirish va boshqa ishtirokchilar va tashkilotchilarga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu tadbir logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi TDTga a’zo mamlakatlarda yuk tashish va logistika markazlarini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilmoqda. Alyans ushbu yo‘nalishda logistika va yuk tashish, muhandislik ishlari hamda konsalting xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni birlashtiradi.
Turkiy mamlakatlardagi yirik logistika markazlari, yuk tashuvchilar, terminallar, dengiz va quruqlik portlari o‘rtasida samarali hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yechimlarni joriy etish orqali butun mintaqaning transport-logistika salohiyatini oshirish Alyansning asosiy maqsadlari qatoriga kiradi.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) — 2009-yil 3-oktyabrda "Naxchivan shartnomasi" asosida tashkil etilgan. Bosh kotibiyati Istanbulda joylashgan bo‘lib, unga Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston a’zo bo‘lgan. O‘zbekiston 2019-yilda to‘laqonli a’zo bo‘ldi. Vengriya va Turkmaniston TDTda kuzatuvchi maqomiga ega.
Tashkilotning maqsadi — turkiy tilli davlatlar orasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqada tinchlikni ta’minlash, xalqaro maydonda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va barcha sohalarda hamkorlik qilishdan iborat.

Powered by Froala Editor