Toyota dunyo boʻylab milliondan ortiq mashinasini qaytarib oladi

Biznes

Toyota xavfsizlik yostig'i muammosi tufayli 1,12 million avtomobilni chaqirib olishga qaror qildi. Kompaniya 20-dekabr kuni bergan bayonotida aytishicha, sensordagi qisqa tutashuv xavfsizlik yostiqchalari mo'ljallangandek ochilmasligiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Toyota dunyo boʻylab milliondan ortiq mashinasini qaytarib oladi
Mashinalarni ortga qaytarish 2020-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan model yilidagi avtomobillarni, jumladan Avalon, Camry, Corolla, RAV4, Lexus ES250, ES300H, ES350, RX350 Highlander va Sienna Hybridni oʻz ichiga oladi. Ularda yo‘lovchilarni tasniflash tizimining (OCS) sensorlari ishlamay qolishi mumkin. Jarayon AQShda 1 million avtomobilni qamrab oladi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya fevral oyidan boshlab mashina egalarini qaytarib olish haqida xabardor qilishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, old xavfsizlik yostiqchalari Qo'shma Shtatlarda 30 yil ichida 50 000 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolgan.

“Yangi datchiklar paydo bo'lishining sababi, eski xavfsizlik yostiqchalar haydovchi va yo'lovchilar uchun bir xil tarzda ochilib, ba'zi jarohatlar, kam hollarda bolalar, jussasi kichiklar va havo yostig'iga juda yaqin bo'lgan kamarsiz yo'lovchilarning o'limiga olib kelgan”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing