Toza-yashil Yangi Zelandiya degan tushuncha yolg‘on

Dunyo

Yangi Zelandiya Atrof-muhit vazirligi, uch yilda bir marta chiqariladigan atrof-muhit bo‘yicha hisobot biologik xilma-xillik bo‘yicha keskin ogohlantirish beradi. Hisobotda keltirilishicha, ichimlik suvlaridagi baliqlarning 76 foizi, suv qushlarining 68 foizi, quruqlik qushlarining 78 foizi, qurbaqalarning 93 foizi va sudraluvchilarning 94 foizi yo‘qolib ketish xavfi ostida yoki xavf ostiga allaqachon kirib bo'lgan.

Toza-yashil Yangi Zelandiya degan tushuncha yolg‘on
2019–2024 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan monitoringda 1 000 dan ortiq yer osti suvlari punktlarining deyarli yarmi biror marta ichimlik suvi standartlariga javob bermagan. E.coli bakteriyasi – fermalar va shaharlardan chiqqan chiqindilar natijasida hosil bo‘ladigan infeksiya – asosiy xavf sifatida aniqlangan.

“Yangi Zelandiyaning noyob biologik xilma-xilligi xavf ostidagi yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfi mavjud turlar ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlardan biridir,” deyiladi hisobotda. Yer resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish, ifloslanish, begona o'simlik (eng xavflisi bu — yovvoyi ignabargli daraxtlar) turlari va iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikka katta zarar yetkazmoqda.

Bundan tashqari, yer osti suvlari tarkibida ortiqcha nitratlar aniqlangan bo‘lib, intensiv qishloq xo‘jaligi, daraxt kesish va urbanizatsiya kabi faoliyatlar bunga sabab bo‘lmoqda.

Hisobotda ayrim ijobiy holatlar ham ta’kidlandi. Jumladan, avtomobillar sababli yuzaga keladigan azot oksidi ifloslanishi kamaymoqda. Bu esa kuchaytirilgan chiqindi standartlari, past ifloslanishli transport vositalaridan foydalanish va dvigatel texnologiyalarining yaxshilanishi hisobiga amalga oshmoqda.

Vellingtondagi Viktoriya universiteti olimi doktor Mayk Joy quyidagicha fikr bildirdi:

“Bu hisobot ‘toza-yashil Yangi Zelandiya’ degan tushunchaning yolg‘onligini fosh etadi. Hukumat bu muammoni jiddiy qabul qilishi shart.”

“Biz ayrim yo‘nalishlarda ijobiy o‘zgarishlarga erisha boshladik. Masalan, qanday mashinalardan foydalanishimiz, uylarda qanday isitish tizimlari qo‘llashimiz — bular havo sifati yaxshilanishiga olib kelmoqda. Bu esa sog‘liq uchun ham foydali bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, biz ijobiy o‘zgarishlar qilolamiz va hozir boshlangan harakatlarni yanada kengaytirishimiz mumkin”, dedi Palmer.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing