Tramp amerikalik harbiylar halok bo‘lgach, keskin javob berishga va’da berdi
Dunyo
AQSH Prezidenti Donald Tramp Iordaniyadagi harbiy obyektlarga uyushtirilgan hujum oqibatida amerikalik harbiylar halok bo‘lganidan so‘ng keskin bayonot bilan chiqib, Eron harakatlariga qat’iy javob tayyorlash bo‘yicha harbiy rahbariyatga topshiriq berganini ma’lum qildi.
Tramp Truth Social tarmog‘idagi postida mudofaa vaziri Pit Hegset, Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Deniyel Keyn va AQSH Qurolli kuchlari rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berilganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Eron har safar amerikalik askarni o‘ldirsa, buning uchun bir necha barobar javob beradi».
AQSH harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, 17-iyul kuni Iordaniyada raketa va dron hujumi oqibatida ikki nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan, bir harbiy bedarak yo‘qolgan, yana to‘rt nafari jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Powered by Froala Editor