Tramp: Bayden davrida Uchinchi jahon urushi boshlanishi hech gap emas
Siyosat
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Uchinchi jahon urushi o‘z mas’uliyatini uddalay olmayotgan AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning prezidentlik muddati tugamasdan boshlanishi mumkin.
"To'qqiz oy juda ko'p vaqt. Bu vaqt ichida Uchinchi jahon urushini boshlanib ketishi hech gap emas, chunki kimdir o'z majburiyatlarini bajara olmayapti", — dedi Tramp, aftidan AQShning hozirgi rahbariga ishora qilib. Avvalroq Tramp dunyo Uchinchi jahon urushi yoqasida ekanini bir necha bor ta’kidlagan edi. Xususan, yanvar oyida siyosatchi Bayden siyosati qon to‘kilishiga olib borayotganini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari noyabr oyiga belgilangan. Bayden qayta saylanish niyati borligini ma’lum qildi, Tramp esa saylovoldi tashviqotini allaqachon boshlab yuborgan va respublikachilar orasida favorit sanaladi.

Powered by Froala Editor