Tramp BRIKS mamlakatlariga 100 foiz boj to‘lash bilan tahdid qilmoqda

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp BRIKS mamlakatlariga qarshi qat’iy bayonot bilan chiqib, jahon savdosida dollarni almashtirishga qodir bo‘lgan muqobil xalqaro valyutani yaratishga urinishlardan voz kechishni talab qildi. Aks holda, u ushbu davlatlardan keltirilgan mahsulotlarga 100 foizlik boj joriy etishga va’da berdi. Xabar uning TRUTH Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.

Tramp BRIKS mamlakatlariga 100 foiz boj to‘lash bilan tahdid qilmoqda
"Biz, aftidan, dushman bo‘lgan bu mamlakatlardan BRIKSning yangi valyutasini yaratmaslik va qudratli AQSH dollarini almashtirish uchun boshqa valyutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini olishni talab qilamiz. Aks holda, ularni 100 foizlik bojlar joriy etilishi kutmoqda va ular ajoyib Amerika bozorida o‘z mahsulotlarini sotish imkoniyati bilan xayrlashishlari mumkin," - dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BRIKSning hech bir mamlakati xalqaro savdoda dollarni almashtirish imkoniyatiga ega emas. "Buni qilishga uringan har qanday davlat bojlarga "salom" va Amerikaga "xayr" deydi!" - deya qo‘shimcha qildi u.

Ta’kidlash joizki, BRIKS mamlakatlari uchun yagona valyutani yaratish bo‘yicha muhokamalar birinchi yil bo‘lib o‘tkazilmayapti. Takliflar orasida yangi valyutani ta’minlashning turli variantlari, shu jumladan oltin, nodir metallar va hatto yer ham ko‘rib chiqildi. Biroq bu masalada hozircha rasmiy qaror qabul qilinmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing