Tramp G‘azodagi mojaro tugaganini e’lon qildi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp G‘aza sektoridagi harbiy harakatlar tugaganini va HAMAS harakati tinchlik rejasiga muvofiq qurolsizlanishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. U bu haqda Isroil parlamenti — Knessetga tashrifi chog‘ida bayonot berdi.
Tramp faxriy mehmonlar kitobida qoldirgan yozuvida bu jarayonni yakunlash «katta sharaf» ekanini ta’kidladi va bu kunni «buyuk va chiroyli kun» deb atadi.
Reuters xabariga ko‘ra, Misr vositachiligida olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar tinchlik rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, barcha garovdagilar ozod qilinadi, Isroil qo‘shinlari esa G‘azadagi kelishilgan chiziqqacha chekinadi.
Avvalroq Isroil hukumati barcha garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha bitimni ma’qullagani ma’lum qilingan edi.

Powered by Froala Editor