Tramp ilk bor, Parijdagi tarixiy Notr-Dam-dening ochilishiga boradi
Dunyo
AQShning 47-prezidenti Donald Tramp 7-dekabrda Parijga borib, yong‘in natijasida tiklangan Notr-Dam-de-Paris tarixiy obida (sobor)ning ochilishida ishtirok etadi. Bu Trampning noyabr oyidagi saylovlardagi g‘alabasidan keyingi birinchi xorijiy safari bo‘ladi.
Parijga borish rejalari haqida Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida shunday deb yozgan: "Men uchun katta sharafdir, shanba kuni men Fransiyaga, Parijga borib, besh yil oldin halokatli yong‘indan keyin to‘liq tiklangan Parijning ajoyib tarixiy sobori - Notr-Dam-de-Parisning ochilishida ishtirok etaman.
Prezident Emmanuel Makron tarixiy obidani to‘liq tiklash uchun ajoyib ish qildi, hatto undan ham yaxshiroq. Bu barcha uchun takrorlanmas kun bo‘ladi!"
CNN xabariga ko‘ra, Tramp va Makron birinchi prezidentlik muddati davomida yaqin hamkorlik qilgan va ularning o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona (CNN "bromance" degan atamani ishlatgan, ya'ni ikki erkak o‘rtasidagi yaqin do‘stlik) deb ta’riflangan, garchi ba'zida ular o‘rtasida ochiq dushmanliklar ham bo‘lgan.
Makron, 2024 yil 7-noyabrda Trampning saylovda g‘alaba qozonishi bilan uni birinchi bo‘lib tabriklagan xorijiy lider bo‘ldi. O‘sha kun kechqurun ular telefon orqali suhbatlashgan.
Tarixiy obida ochilishiga taxminan 50 ta davlat va hukumat rahbari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Notr-Dam-deda yong‘in 2019 yil 15-aprelda sodir bo‘lgan. Natijada tomi yonib ketgan, 750 tonnalik minora qulab tushgan, mashhur garguliyalar va organ zarar ko‘rgan. Tiklash ishlari bir milliard yevro atrofida baholangan. Dastlab, obidani tiklash muddati taxminan 10 yil deb aytilgan edi.

Powered by Froala Editor