Tramp inauguratsiya marosimi oldidan mutloq yangi tarix yozishga va'da berdi
Dunyo
Yakshanba kuni Vashingtondagi Capital One Arenada o‘tkazilgan tantanali "G‘alaba mitingi"da Tramp minglab tarafdorlariga murojaat qildi. "Biz g‘alaba qozondik va mamlakatimizni har qachongidan buyukroq qilamiz," dedi u.

Tramp, Bayden ma’muriyatining qarorlarini bir necha soat ichida bekor qilishni rejalashtirayotganini aytib, "Ertaga quyosh botguncha, mamlakatimizga noqonuniy kirishlar to‘xtatiladi," dedi. Bundan tashqari, u Amerika chegaralarini "dunyo ko‘rgan eng tajovuzkor va keng qamrovli chora-tadbirlar" bilan himoya qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasida va’da qilganidek, tarixdagi eng katta deportatsiya operatsiyalarini amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Bu chora millionlab muhojirlarni qamrab oladi va yillar davom etishi mumkin. "Ertadan boshlab biz mamlakatimizni qaytarib olamiz," dedi Tramp.
Tramp o‘z nutqida TikTok ilovasini AQShga qaytarish va iste’molchilarni quvontirish bo‘yicha o‘z maqtovlarini tilga oldi. Shuningdek, u harbiylar uchun "temir gumbaz" mudofaa tizimini yaratishni rejalashtirayotganini va maktablardan tanqidiy irq nazariyasi va transgenderlikni yo‘q qilishni va’da qildi.
Tramp o‘z nutqini shunday yakunladi: "Amerikaning tanazzuliga parda yopamiz va kuch, farovonlik, qadr-qimmat hamda g‘urur davrini boshlaymiz."
Ushbu g'alaba mitingida Ilon Mask ham nutq so'zladi. Tramp, Mask va uning kichik og'lini "ot o'rnini toy bosar" deb maqtab qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, bugun 20-yanvar kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimi Vashingtondagi Kapitoliy binosi ichida bo'lib o'tadi.

Powered by Froala Editor