Tramp Isroil ko‘chmanchilariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
Dunyo
AQSh Prezidenti Donald Tramp G‘arbiy Sohildagi isroillik ko‘chmanchilarga nisbatan avvalgi Jo Bayden ma’muriyati tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Bu qaror Oq uy matbuot xizmati tomonidan 2024-yil 20-yanvarda e’lon qilindi va Trampning prezidentlikka qaytgandan keyingi birinchi kunidagi ijro farmoyishlaridan biri sifatida tarixga kirdi.
Jo Bayden 2024-yilning fevralida G‘arbiy Sohildagi shahar va aholi punktlarida faoliyat yurituvchi isroillik ko‘chmanchilar va guruhlarga qarshi choralarni kuchaytiruvchi qarorni imzolagan edi. Ushbu qaror doirasida G‘aznachilik va Davlat departamentlariga zo‘ravonlikka aloqador deb topilgan shaxs va guruhlarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish vakolati berilgan edi. Bayden ma’muriyatining asosiy maqsadi falastinliklarga nisbatan qilingan huquqbuzarliklarni jazolash edi.
Xususan, Huvara shahridagi tartibsizliklar, falastinliklarning uylariga o‘t qo‘yilishi va bir nafar fuqaroning o‘limiga aloqador ko‘chmanchilar aniqlanib, javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan edi.
Donald Tramp Oq uyga qaytgan dastlabki kunida ushbu qarorni bekor qildi. Bu uning Isroil va Falastin o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan an’anaviy tarafkash siyosatiga mos edi. Trampning qarori Isroil va HAMAS o‘rtasida ikkinchi kun davom etgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining e’lon qilinganiga to‘g‘ri keldi. Shu davr ichida 90 nafar falastinlik asir evaziga uch nafar garovga olingan isroillik qaytarildi.

Powered by Froala Editor