Tramp Isroilni Suriya va Livandan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi
Dunyo
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Suriya va Livandan qo‘shinlarni olib chiqishni boshlashga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil harbiylarining ushbu hududlarda qolishi keskinlikni kuchaytirib, yangi mojaro xavfini oshirishi mumkin.
Axios nashri xabariga ko‘ra, bu masala 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida muhokama qilingan. Manbalarga ko‘ra, Tramp Isroilga Suriyadagi kuchlarini bosqichma-bosqich qayta joylashtirishni, shuningdek, Livanda ham shunday choralarni ko‘rishni tavsiya qilgan.
AQSH prezidenti Suriyadagi Isroil harbiy ishtiroki mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablashtirayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, qo‘shinlarning saqlanib qolishi yangi keskinlashuvga sabab bo‘lishi mumkin.
Mazkur telefon suhbati yuzasidan Oq uy va Isroil hukumati hozircha rasmiy izoh bermagan.

Powered by Froala Editor