Tramp JPMorgan va Jeymi Daymonga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp JPMorgan Chase banki va uning bosh direktori Jeymi Daymonga qarshi $5 milliard miqdorida da’vo arizasi berdi. U bankni hisoblarni siyosiy sabablarga ko‘ra yopganlik va uni moliyaviy tizimdan chetlatishga uringanlikda ayblamoqda.
Florida shtatining Mayami-Deyd okrugi sudiga topshirilgan da’vo arizasiga ko‘ra, JPMorgan Tramp va unga aloqador kompaniyalarga tegishli bir nechta hisoblarni ogohlantirishsiz va muammoni bartaraf etish imkoniyatisiz yopgan.
Shuningdek, Tramp Daymon topshirig‘i bilan tuzilgan deb da’vo qilinayotgan “qora ro‘yxat” mavjudligini ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, boshqa banklar Tramp, uning oila a’zolari va Trump Organization bilan hamkorlik qilmaslik haqida ogohlantirilgan. Bu holat Trampning obro‘siga jiddiy putur yetkazgani aytiladi.
JPMorgan esa ayblovlarni rad etib, bank hisoblarni siyosiy yoki diniy sabablar bilan yopmasligini, balki faqat huquqiy va tartibga soluvchi xavflar tufayli shunday qarorlar qabul qilinishini bildirdi.
Oq uy Reuters so‘rovini prezidentning shaxsiy advokatiga yo‘naltirishini ma’lum qildi.
Mazkur da’vo Tramp ma’muriyati va AQShning yirik banklari o‘rtasida kredit karta foiz stavkalarini 10% bilan cheklash rejasi yuzasidan kelib chiqqan bahslar fonida berildi. Daymon bu tashabbus “iqtisodiy falokat”ga olib kelishi mumkinligini aytgandi.
Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, 22-yanvar holatiga Trampning boyligi $6,7 milliardga baholanmoqda.

Powered by Froala Editor