Tramp: "Men Rim Papasi bo‘lardim"

Dunyo

AQSH prezidenti Donald Tramp Rim-katolik cherkovining yangi rahbari sayloviga izoh berar ekan, uning "birinchi varianti" o‘zi Rim papasi bo‘lishi ekanini aytdi. Bu haqda u jurnalistlarga hazilomuz ma’lum qilib, pontifik lavozimiga ehtimoliy nomzodlar orasida favoritlari yo‘qligini ta’kidladi.

Tramp: "Men Rim Papasi bo‘lardim"
Men papa bo‘lishni istardim. Bu mening birinchi raqamli tanlovim bo‘lardi," - dedi Tramp kulib.

Shu bilan birga, Vatikanda rasman konklav sanasi - 7 may kuni yangi papa saylanadigan kardinallar yig‘ilishi belgilangan. G‘alaba qozonish uchun nomzod 138 ovozning uchdan ikki qismini olishi kerak.

Avvalgi Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni 88 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi 26-aprel kuni bo‘lib o‘tdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing