Tramp Mirziyoyevni Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasidagi yirik kelishuv bilan tabrikladi

O'zbekiston

Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasida imzolangan yirik shartnoma bilan tabrikladi. Bitim qiymati $8 milliarddan ortiq bo‘lib, u 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyotini xarid qilishni nazarda tutadi.

Tramp Mirziyoyevni Uzbekistan Airways va Boeing o‘rtasidagi yirik kelishuv bilan tabrikladi
Trampning ta’kidlashicha, ushbu kelishuv AQShda 35 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratadi. U, shuningdek, O‘zbekiston bilan sheriklikni yuqori baholab, Prezident Mirziyoyevni “so‘zining ustidan chiqadigan inson” deb atadi.

O‘tgan oy ikki davlat rahbarlari telefon orqali muloqot o‘tkazib, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan edi. Tramp hamkorlik boshqa yo‘nalishlarda ham davom etishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing