Tramp Orbanni “fantastik yetakchi” deb atadi

Dunyo

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 8-mart, juma kuni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni “fantastik yetakchi” deb atadi.

Tramp Orbanni “fantastik yetakchi” deb atadi
Orban «munozarali shaxs emas, chunki u "shunday bo'ladi" demoqda va shu bilan hammasi tugaydi», deb hazillashdi Tramp mehmonlar bilan to'la xonada. Uchrashuv videosi Vengriya bosh vaziri tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirildi.

"To'g'rimi? U xo'jayin. Yo‘q, u buyuk yetakchi, fantastik yetakchi”, — dedi prezidentlikka respublikachi nomzod.

Tramp haqiqatan ham Orbanni qadrli mehmon sifatida qabul qildi, qarorgohi bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi va sobiq birinchi xonim Melaniya Tramp hamrohligida birga ovqatlanishdi.

O‘z navbatida, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban uchrashuvdan so‘ng Donald Trampning qayta saylanishi butun dunyo manfaatlariga xizmat qilishini aytdi. Shuningdek, u Tramp Oq uyga qaytsa, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar hal etilishini qo‘shimcha qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing