Tramp Putin bilan Ukraina urushi bo‘yicha tezroq uchrashmoqchi
Dunyo
Donald Tramp yakshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina urushi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishga qiziqish bildirganini, shu o'rinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bu uchrashuvga xayrixohligini ma'lum qildi.
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina urushi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishga qiziqish bildirganini ma’lum qildi. “Prezident Putin men bilan imkon qadar tezroq uchrashmoqchi ekanligini aytdi,” dedi Tramp Turning Point’ning America Fest konventsiyasida. “Shuning uchun biz biroz kutishimiz kerak bo‘ladi, ammo urushni to‘xtatishimiz lozim. Bu urush dahshatli, dahshatli.”
Yanvar oyida Oq uydagi vazifasiga qaytishga tayyorlanayotgan Tramp, saylov kompaniyasi davomida agar saylansa, urushni “24 soat ichida tugatishi”ni va’da qilgan edi. Yaqinda u prezident Jo Baydenning Ukrainaga AQShdan yetkazilgan qurollardan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat beruvchi siyosatini tanqid qilgan edi.
Tramp, shuningdek, o‘zining prezidentlikka kelishidan so‘ng Ukrainaga harbiy yordam miqdori “ehtimol” kamayishini aytdi. Ukraina davlat sifatida faoliyatini davom ettirishi va uch yildan buyon davom etayotgan urushda Rossiyaga qarshi kurashni davom ettirishi uchun xalqaro sheriklarining harbiy, moliyaviy va gumanitar yordamiga qattiq bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Yakshanba kuni Tramp urush haqida gapirar ekan, shunday dedi: “Odamlar halok bo‘lyapti... Bu tekis bir dalada o‘qlar uchib boryapti, juda kuchli o‘qlar, juda kuchli qurollar, ularni faqat inson tanasi to‘xtata oladi.”
Bu oy boshida Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birga Parijda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan edi. Ushbu uchrashuv Parijdagi Notr-Dam soborining qayta ochilishidan oldin bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng Tramp “tezkor sulh”ga chaqirdi.

Powered by Froala Editor