Tramp Putin va Zelenskiy uchrashuvini e’lon qildi: uch tomonlama sammit rejalashtirilmoqda
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy uchrashuv o‘tkazishini, undan keyin esa uch tomonlama sammit bo‘lishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarga tayyorgarlik allaqachon boshlangan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina yetakchilari uchrashuvdan so‘ng Vashington ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazilishini e’lon qildi.
Trampning aytishicha, u Oq uyda Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan «juda yaxshi» uchrashuv o‘tkazdi, unda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari va AQSh bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, u Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashga rozi bo‘lganini bildirdi. Muzokaralarning sanasi va joyi keyin belgilanadi.
«Putin va Zelenskiy uchrashuvidan so‘ng biz uch tomonlama sammit o‘tkazamiz», — dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, muzokara jarayonini Rossiya va Ukraina bilan muvofiqlashtirishni vitse-prezident Jey Di Vens, davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elchi Stiv Vitkoff olib bormoqda.

Powered by Froala Editor