Tramp Putinning qarorgohiga dron hujumi bo‘lganiga ishonmadi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorgohiga Ukraina dronlari hujum qilgani haqidagi xabarlarga ishonmasligini bildirdi.

Tramp Putinning qarorgohiga dron hujumi bo‘lganiga ishonmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinning qarorgohiga Ukraina uchuvchisiz apparatlari hujum qilgani haqidagi ma’lumotlarni ishonchsiz deb atadi. U bu haqda jurnalistlar bilan prezident samolyotida suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, qarorgoh yaqinida qandaydir hodisa sodir bo‘lgan, biroq u taxmin qilinayotgan hujum bilan bog‘liq emas. “Men bu zarba bo‘lganiga ishonmayman. Yaqin atrofda nimadir bo‘lgan, ammo bu bilan aloqasi yo‘q”, — dedi u.

Jurnalistlar Trampga avvalroq u Rossiya prezidenti bilan telefon suhbatidan so‘ng ushbu hujum haqidagi versiyani aytganini eslatdi. Tramp esa o‘sha paytda tasdiqlangan ma’lumot bo‘lmaganini ta’kidladi. “Hech kim bilmasdi. Men bu haqda ilk bor eshitdim. U uyiga hujum qilinganini aytdi. Keyinchalik tekshiruvdan so‘ng, bunga ishonmadik”, — dedi u.

29-dekabr kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Valdaydagi qarorgohga dronlar bilan hujum qilganini aytgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu bayonotni “Rossiyaning navbatdagi yolg‘oni” deb atadi.

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi ham Ukrainani bunday hujumga urmagan, deb hisoblaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing